Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Isroillik jurnalist: «Falastinlik mahbusning qiynoqlari zamonaviy Isroil sharmandaligining ramzi»

Isroillik jurnalist: «Falastinlik mahbusning qiynoqlari zamonaviy Isroil sharmandaligining ramzi»

Isroillik jurnalist Yoana Gonen Sde Teyman harbiy qamoqxonasida falastinlik mahbusni qiynoqqa solgan va jinsiy tazyiq qilgan askarlarni “qahramon” sifatida ko‘rsatishga urinishlarni qattiq tanqid qildi.

Gonen “Haaretz” nashrida chop etilgan maqolasida Tel-Aviv hukumati mazkur jinoyatni yashirishga harakat qilayotganini keskin qoraladi. Uning ta’kidlashicha, bu holat “zamonaviy Isroilning sharmandalik va xorlik bilan to‘la qiyofasiga aylandi”.

Jurnalist savol qo‘ydi:

“Oxir-oqibat biz nima xohlagan edik? Qiynoqlar tinchgina, dunyo bilimi va aralashuvisiz amalga oshirilishi uchunmi?”

Maqolada aytilishicha, falastinlik mahbusning zo‘rlanishiga oid videoni ommaviy axborot vositalariga siznirgan sobiq bosh harbiy prokuror Yifat Tomer-Yerushalmi hibsga olingan. Shu orqali hukumat jinoyatni fosh etgan shaxsni jazolab, aybdorlarni himoya qilayotgani ta’kidlangan.

Gonenning yozishicha, hukumat jinoyatni yashirish bilan shug‘ullanayotgan bir paytda, Sde Teyman qamoqxonasidagi tasvirlar Isroil jamoatchiligida qattiq muhokamalarni keltirib chiqargan.

“Zamonaviy Isroilni hech kim qo‘li bog‘langan holda falastinlik mahbusga hujum qilgan besh askardan ko‘ra yaxshiroq ifoda etolmaydi”, — deb yozdi Gonen.

Inson huquqlari tashkilotlari ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil qamoqxonalarida 10 mingdan ortiq falastinlik, jumladan ayollar va bolalar saqlanmoqda. Ular ko‘pincha qiynoqlar, ochlik va tibbiy e’tiborsizlikka duch kelmoqda.

Kiritildi: 13:27 04.11.2025. O'qildi: 1592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!