HAMAS mojaroni hal etish va mustaqil Falastin davlatini barpo etish jarayoni doirasida Isroilga 5, 7 yoki 10 yillik otashkesim sulhini taklif qilishga tayyorligini bildirdi — Associated Press.
Agentlik bu haqda HAMAS siyosiy byurosi a’zosi Basem Naimning bayonotiga tayanib xabar bermoqda.
"Gap avvalo, AQSh prezidenti Donald Trampning G‘azo sektori bo‘yicha tinchlik rejasining birinchi bosqichini to‘liq yakunlash, ikkinchidan esa natijasi mustaqil Falastin davlatini tashkil etish bo‘ladigan siyosiy jarayonni boshlash haqida ketmoqda. Shu vaqt davomida biz besh, yetti yoki o‘n yilga o‘t ochishni to‘xtatish yoki sulh kelishuviga tayyormiz", — dedi Naim.