Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba

КИР

Isroilda terrorchilik hujumi: yonilg‘i quyish shoxobchasidagi otishmada bir kishi halok bo‘ldi

Isroilda terrorchilik hujumi: yonilg‘i quyish shoxobchasidagi otishmada bir kishi halok bo‘ldi

Isroilda Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi falastinliklar hududlari bilan chegaradosh Koxav-Yair qishlog‘i yaqinidagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan otishma oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va kamida besh kishi yaralandi.

Bu haqda «The Times of Israel» nashri polisiyaga tayanib xabar berdi.

Barcha yaradorlar kasalxonaga yotqizilgan.

Rasmiylar yuz bergan hodisani terrorchilik hujumi deb baholadi. O‘q uzgan shaxs zararsizlantirildi.

Kiritildi: Bugun 17:16. O'qildi: 257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!