Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroilda Netanyahu hukumatiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda — Euronews

Isroilda Netanyahu hukumatiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda — Euronews

Knesset (mamlakat parlamenti) qarshisida yig‘ilgan namoyishchilar hukumatdan HAMAS bilan garovdagilarni ozod qilish bo‘yicha bitim tuzishni talab qilgan.

Kecha Isroil hukumati G‘azoni to‘liq bosib olish va sektorda noma’lum muddatda qolish rejasini tasdiqladi. Namoyishchilar bosh vazir Binyamin Netanyahu hukumatining ushbu rejasiga qarshi chiqmoqda.

"Isroil bu rejani AQSh prezidenti Donald Trampning kelgusi hafta Yaqin Sharqqa safaridan keyin amalga tatbiq etmoqchi. Harbiy amaliyot mobaynida g‘azoliklarni majburan janubga ko‘chirish rejalashtirilgan", deya xabar bermoqda AFP.

Ayni paytda Isroil armiyasi G‘azoning taxminan 50 foizini nazorat qilmoqda. Harbiy amaliyotning kengayishi bilan sektordagi gumanitar vaziyat yanada og‘irlashishi mumkin.

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroilning G‘azo sektorida harbiy amaliyotni kengaytirishi o‘lim va vayronagarchiliklarni yanada kuchaytirishidan ogohlantirdi.

G‘azo Falastin davlatining ajralmas tarkibiy qismi ekanini eslatgan BMT yetakchisi Isroilning hududni to‘liq bosib olish rejasini "o‘ta xavotirli" deya baholagan.

Kiritildi: 14:57 06.05.2025. O'qildi: 553 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!