Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroilda havo hujumidan ogohlantirish e’lon qilindi, Eronda esa portlashlar sodir bo‘lmoqda

A A A
Isroilda havo hujumidan ogohlantirish e’lon qilindi, Eronda esa portlashlar sodir bo‘lmoqda

BBC nashrining xabar berishicha, Isroil harbiylari bir nechta hududlarda havo hujumidan xavfi sirenalari yangragani bois odamlarni boshpanalarga o‘tishga chaqirmoqda. Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) ma’lumotiga ko‘ra, Isroil harbiy-havo kuchlari Eron tomonidan uchirilgan raketalarni urib tushirishga harakat qilmoqda.

Shu bilan birga, Eron hududida ham portlashlar sodir bo‘layotgani haqida xabarlar kelmoqda.

BBC Fors xizmati muxbiri G‘uncha Xabibiyzodga ko‘ra, mamlakat markazidagi Isfahon viloyati aholisi kuchli portlash tovushlarini eshitgan.

Mehr axborot agentligining xabar berishicha, portlashlar Isfahonning sharqiy va shimoliy qismlarida qayd etilgan, hududda Eron havo hujumidan mudofaa tizimi ishga tushgan. Mamlakat rasmiylari Isfahonga yaqin hududlarda Isroil dronlari yo‘q qilinganini bildirgan.

Kiritildi: 21:26 17.06.2025. O'qildi: 1483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!