Bunga sabab ular Isroilda chaqiruv qog‘ozi olgandan keyin harbiy xizmatga bormagan.
Bu haqda Isroilning The Jerusalem Post nashri xabar bermoqda.
2024 yilning yozida armiyaga chaqirilgan 18-26 yosh oralig‘idagi 3 ming nafar chaqiriluvchidan atigi 461 nafari harbiy xizmatga kelgan.
Isroil Oliy sudi 2024 yil iyun oyida ultra-ortodoks yahudiylarning diniy maktablari talabalarini harbiy xizmatdan ozod qilish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilgan edi.
Malumot uchun, ultra-ortodoks yahudiylarning e’tiqodiga ko‘ra ularga harbiy xizmatni o‘tash va qurolli harakatlarda ishtirok etish mumkin emas.