Isroil hukumati adliya vazirining Bosh prokuror Gali Baxarav-Miarani vazifasidan chetlatish to‘g‘risidagi taklifini bir ovozdan ma’qulladi. U aynan Bosh vazir Binyamin Netanyaxuga qarshi korrupsiya ishini yuritmoqda.
Biroq Oliy sud hukumatga bu jarayonni taqiqlovchi qaror chiqarishi mumkinligini ochiq ishora qildi.
Baxarav-Miara ovoz berishdan oldin hukumat a’zolariga yozgan xatida shunday dedi:
“Bu mislsiz qaror bo‘lib, kelgusida har qanday hukumat bosh prokurorni siyosiy sabablar bilan ishdan bo‘shatishiga yo‘l ochadi.”
🔨 Eslatib o‘tamiz, Netanyaxu uchta alohida jinoiy ish doirasida pora olish, firibgarlik va ishonchni suiste’mol qilishda ayblanib, sudga tortilmoqda.