Army Radio'ning xabar berishicha, Isroilning markaziy qismida joylashgan Glilot harbiy bazasidagi marosimda so‘zlagan Zamir shunday dedi:
«Agar zarurat tug‘ilsa, Tel-Aviv Eronga hujumni takrorlashga tayyor».
13 iyun kuni Isroil AQShning qo‘llab-quvvatlashi bilan Eronga qarshi 12 kunlik urushni boshlagan edi. Buning javobida Tehron ballistik raketalar va dronlar bilan zarbalar berdi. 24 iyun kuni Vashington otashkesim e’lon qildi.
Zamirning ta’kidlashicha, Isroil armiyasi Eron va uning «qarshilik o‘qi» deb ataluvchi ittifoqchilari — Livanning «Hizbulloh» guruhi va Yamandagi husiylarga zarbalar bergan va
«har qanday zarurat tug‘ilganda yana amalga oshirishga tayyor» ekanligini bildirgan.
U so‘nggi to‘qnashuvni «preventiv (oldidan oluvchi) urush» deb atadi.
Shuningdek, so‘nggi haftalarda Isroilning boshqa rasmiylari — jumladan, mudofaa vaziri Israel Kas va t ashqi ishlar vaziri Gideon Saar ham Eronga nisbatan yangi hujum ehtimolini inkor etmagan edi.