Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil XAMASni o‘t ochishni to‘xtatish taklifini o‘zgartirishga urinishda aybladi

Isroil XAMASni o‘t ochishni to‘xtatish taklifini o‘zgartirishga urinishda aybladi

Isroil XAMAS harakatini Qatar tomonidan taklif etilgan o‘t ochishni to‘xtatish rejasiga o‘zgartirishlar kiritishga uringanlikda ayblab, bu o‘zgartirishlarni qabul qilib bo‘lmasligini ma’lum qildi.

Isroil Bosh vaziri devoni tarqatgan bayonotda aytilishicha, shanbaga o‘tar kechasi XAMAS Qatar vositachilari tomonidan ilgari taqdim etilgan kelishuv loyihasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflarini Isroil tomoniga yetkazgan.

«XAMAS Qatar taklifiga kiritmoqchi bo‘lgan o‘zgartishlar Isroil uchun qabul qilib bo‘lmas», — deyiladi bayonotda.

Shu bilan birga, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu G‘azoda asirlikda saqlanayotgan shaxslarni ozod etish bo‘yicha harakatlarni va bilvosita muzokaralarni davom ettirishni topshirgan.

Kutilishicha, Isroil muzokarachilar guruhi yaqin vaqt ichida Qatarga yo‘l oladi va o‘t ochishni to‘xtatish hamda asirlarni almashish bo‘yicha navbatdagi muzokaralarda ishtirok etadi.

Juma kuni kechqurun XAMAS vositachilarga Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifga ijobiy javobini bergan hamda kelishuvni amalga oshirish va asirlarni almashish bo‘yicha muzokaralarga tayyorligini bildirgan edi.

Kiritildi: 14:41 06.07.2025. O'qildi: 715 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!