Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Isroil XAMAS kelishuvining bir qismi sifatida 110 falastinlik asirni ozod qiladi

Isroil XAMAS kelishuvining bir qismi sifatida 110 falastinlik asirni ozod qiladi

Isroil 30 yanvar kuni XAMAS bilan kelishuv doirasida yahudiy davlati qamoqxonalarida jazo o‘tayotgan 110 nafar falastinlik mahbusni ozod qiladi.

Bu haqda Falastinning mahbuslar ishlari bo‘yicha axborot boshqarmasi o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 30 nafar voyaga yetmaganlar, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan 32 nafar falastinlik va uzoq muddatli qamoq jazosini o‘tayotgan 48 nafar mahbus ozod etiladi.

Avvalroq XAMAS 30 yanvar kuni G‘azo sektorida garovda saqlanayotgan Isroil fuqarosi Arbel Yahud, Isroil mudofaa kuchlari askari Agam Berger va isroillik 80 yoshli Gadi Mozesni ozod qilishini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 22:41 29.01.2025. O'qildi: 528 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!