Bugun 7 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Isroil vaziri Nyu-Yorkdagi yahudiylarni shaharni tark etishga chaqirdi

Isroil vaziri Nyu-Yorkdagi yahudiylarni shaharni tark etishga chaqirdi

Isroilning diaspora masalalari bo‘yicha vaziri Ammihay Shikli Nyu-York meri saylovida musulmon siyosatchi Zohran Mamdaniy g‘alaba qozonganidan so‘ng, shahardagi yahudiylarni Isroilga qaytishga chaqirdi.

Shiklining aytishicha, shahar endi “HAMASni qo‘llab-quvvatlovchi shaxs” tomonidan boshqariladi va Nyu-York “yahudiylar uchun xavfsiz joy bo‘lmay qoladi”.
Mamdaniy avval Isroil siyosatini “aparteid rejimi” deb tanqid qilgan, ammo HAMAS haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bayonot bermagan.

Nyu-Yorkda taxminan 1,3 million yahudiy yashaydi — bu Isroildan tashqari dunyodagi eng yirik yahudiy jamoasi hisoblanadi.

Kiritildi: 16:01 06.11.2025. O'qildi: 804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!