O‘ta o‘ng qarashli Isroil Aholi punktlari va milliy vazifalar vaziri jinoyatchi Orit Struk xavfsizlik kengashi yig‘ilishi oldidan, agar urush to‘xtasa, lavozimidan ketishini ma’lum qildi.
"Diniy sionizm" partiyasi a’zosi jinoyatchi Struk bunday holat "Isroilning HAMASni bo‘ysundirish va yo‘q qilishdan voz kechishini anglatadi va biz katta falokatga duch kelamiz," dedi.
"Agar shunday bo‘lsa, biz hukumatda qolmaymiz. Biz yo‘l qo‘ygan dahshatli xato HAMASning kuchayishi tufayli odamlar hayotida og‘ir oqibatlarga olib keladi," dedi Struk.
Bunday da’vatlar Isroil hukumatining boshqa o‘ta o‘ng qarashli a’zolari, jumladan, moliya vaziri jinoyatchi Bezalel Smotrich tomonidan ham qo‘llab-quvvatlandi.