Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Isroil va XAMASga G‘azoda joy yo‘q"

 "Isroil va XAMASga G‘azoda joy yo‘q"

Evropa Ittifoqi G‘azo sektori ustidan nazoratni Falastin ma’muriyatiga topshirish tarafdori. Bu haqda Yevropa tashqi ishlar vazirligi rahbari Xosep Borrel ma’lum qildi.

“Isroil va HAMAS G‘azoda qolmasligi kerak. Nazoratni o‘z qo‘liga olishi va aholiga xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yagona shaxs - bu Falastin ma’muriyati. Aslida, Falastin ma’muriyati G‘azo sektorini hech qachon tark etmagan”, — dedi diplomat.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bir necha bor G‘azoning Falastin ma’muriyati nazoratiga o‘tkazilishiga qarshi chiqqan, jumladan, G‘arbiy Sohildagi ma’muriyat rahbari Mahmud Abbos haligacha HAMAS guruhini qoralamagan. Abbosning o‘zi noyabr oyi boshida AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda XAMAS ag‘darilsa, sektorni boshqarishda yordam berishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 22:17 21.11.2023. O'qildi: 2834 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!