Parijdagi so‘nggi muzokaralar chog‘ida Isroil va Suriya ishonchni mustahkamlash va xavfsizlik kelishuviga erishish uchun choralar ko‘rishga kelishib oldi.
Bu haqda The Times of Israel xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, tomonlar xavfsizlik bo‘yicha kelishuvga erishish uchun muzokaralar sur’atini tezlashtirish, tez-tez uchrashuvlar o‘tkazish va ishonchni mustahkamlash choralarini ko‘rishga kelishib olgan.
"Tomonlar AQSh prezidenti Donald Trampning qarashlariga muvofiq xavfsizlik kelishuviga erishish istagini bildirdi", — dedi manba.
Tramp ma’muriyati Isroil va Suriyaga chegara xavfsizligini barqarorlashtiradigan va mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni kelajakda normallashtirish yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lishi mumkin bo‘lgan kelishuvga erishish uchun bosim o‘tkazmoqda.