Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Isroil va Suriya 25 yil ichida birinchi marta oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazdi

Isroil va Suriya 25 yil ichida birinchi marta oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazdi

Isroil va Suriya vazirlari 25 yil ichida birinchi oliy darajadagi muzokaralarini o‘tkazdilar.

Uchrashuv Parijda AQShning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Tom Barak vositachiligida bo‘lib o‘tgan.

Portalning yozishicha, muzokaralarda Isroil strategik rejalashtirish vaziri Ron Dermer va Suriya tashqi ishlar vaziri Asaad al-Shayboniy ishtirok etgan. Uchrashuv to‘rt soat davom etdi va uning asosiy mavzusi mamlakatlar o‘rtasidagi keskinlikni kamaytirish bo‘ldi. Tomonlar Suriya janubida xavfsizlik va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishib olish niyatida edi, dedi Isroil manbalari.

Qayd etilishicha, Isroil va Suriya so‘nggi oylarda allaqachon bir necha uchrashuv o‘tkazgan. Parij muzokaralari mamlakatlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash yo‘lidagi birinchi qadam bo‘ladi, deya ta’kidlaydi portal.

Kiritildi: 11:57 25.07.2025. O'qildi: 655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!