Bugun 31 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi yaqin kunlar yoki soatlar ichida erishilishi mumkin

Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi yaqin kunlar yoki soatlar ichida erishilishi mumkin

Bu haqda Livan bosh vaziri Najib Mikatiga tayanib, Arab News xabar berdi.

Siyosatchining aytishicha, AQSh prezidenti yordamchisining o‘rinbosari, Davlat departamentining energetik xavfsizligi bo‘yicha katta maslahatchisi Eymos Xokstin bilan o‘tkazgan telefon suhbati natijalari sulh bo‘lishiga umid uyg‘otmoqda.

"Bu telefon suhbatidan oldin o‘t ochishni to‘xtatish 5 noyabrdan avval bo‘lishini kutmagan edim", — dedi Najib Mikati.

Unga ko‘ra, Xokstin Bayrutga qilgan so‘nggi tashrifi paytida Livan parlamenti raisi Nabix Berriga “maxfiy” taklif topshirgan. Unda Litani daryosining janubida Livan armiyasidan tashqari hech qanday qurolli kuchlar bo‘lmasligi — “Hizbulloh” bu hududni tark etishi lozimligi ta’kidlangan.

“Hizbulloh”ning yangi rahbari Naim Qosim 30 oktyabr kuni Isroil bilan “maqbul shartlar asosida” o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishini aytdi. Biroq hali samarali kelishuv taqdim etilmaganini bildirdi. Avvalroq “Hizbulloh” G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish sharti bilan Isroilga hujumlarini to‘xtatishini bir necha bor e’lon qilgandi. Ammo Qosim bayonotida Falastin hududi haqida hech qanday gap bormagan. “Munosib va maqbul” deb topilgan shartlar asosida o‘t ochishni to‘xtatish qabul qilinishi aytilgan.

Kiritildi: Bugun 15:12. O'qildi: 332 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!