Isroil armiyasi Livanning Hizbulloh harakati bilan janglarda halok bo‘lgan yana besh nafar askarning shaxsini ma’lum qildi. Halok bo‘lganlarning barchasi Golani brigadasi askarlari bo‘lgan.
Halok bo‘lganlarning eng kichigi 21 yoshda, eng yoshi kattasi 25 yoshda.
«To‘qnashuvlar natijasida yana bir ofiser va ikki askar og‘ir yaralandi. Livan janubidagi janglarda yana bir qancha askar og‘ir yaralandi», — deya xabar beradi Isroil matbuoti.
❕ Nashr qilishga ruxsat berilgan Isroil harbiylarining umumiy soni 745 nafarga, yaradorlar soni esa 4895 nafarga yetdi.