Isroil Mudofaa kuchlari (SAXAL) Bosh shtabi boshlig‘i Eyal Zamir yaqin kelajakda Eronga qarshi jangovar harakatlarning ehtimoliy qayta tiklanishiga tayyorgarlik ko‘rish va yuqori shaylik rejimiga o‘tishni buyurdi, deb xabar bermoqda Yediot Ahtonot nashri o‘z manbalariga tayanib.
Bosh shtab boshlig‘i bunday farmoyishni AQSh va Eron o‘rtasidagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so‘ng berdi.
Harbiy manbalarning so‘zlariga ko‘ra, SAXALda 2025 va 2026 yillarda Eron bilan bo‘lgan urush vaqtida qo‘llanilganiga o‘xshash maxsus jangovar bayonnoma (protokol) kuchga kirgan.