Bugun 8 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroil tunda Suriyadagi aviabazalarga zarbalar berdi

Isroil tunda Suriyadagi aviabazalarga zarbalar berdi

Portlashlar Damashq chekkalarida, shuningdek, Hama va Homs viloyatlarida qayd etildi.

Isroil Mudofaa kuchlarining (SAXAL) ma’lum qilishicha, zarba berilgan aerodromlar va omborlar Isroil fuqarolik aholisi uchun tahdid tug‘dirgan.

Ta’kidlash joizki, hujumlar nishoniga aylangan hududlar Suriyada hokimiyat tepasiga kelgan “Hay’at Tahrir ash-Shom” guruhining nazorati ostida.

Eslatib o‘tamiz, Asad hokimiyatdan ag‘darilgandan so‘ng Isroil Golan tepaliklaridagi bufer zonani egallab olgan va Suriya harbiy bazalariga zarba bergan edi.

Isroil matbuoti xabar berishicha, mamlakat hukumati Suriyada Turkiya bilan ehtimoliy to‘qnashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda, chunki Asadni ag‘darib hokimiyatga kelgan kuchlar Anqaraga sodiq deb hisoblanadi.

Kiritildi: 12:02 03.04.2025. O'qildi: 1131 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!