Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Isroil Tehrondagi tinch aholi yashaydigan xududlarga zarba bermoqchi

Isroil Tehrondagi tinch aholi yashaydigan xududlarga zarba bermoqchi

Isroil mudofaa vaziri Israel Kas Eron harbiylarining Isroil shaharlaridagi turar-joy hududlariga bergan zarbalariga javoban Tehrondagi tinch aholi manzillariga zarba berish bilan tahdid qildi.

Bu haqda Isroil OAVlari xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 13 iyundan beri Isroildagi tinch aholi manzillariga berilgan zarbalar natijasida kamida 21 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq kishi jarohatlangan.

"Tehron aholisi buning uchun tovon to‘laydi va juda tez orada" - dedi Kas.

Isroil matbuotining qayd etishicha, bu Isroildagi siyosiy arbob Eron hukumati ustidan ta’sir o‘tkazish uchun Erondagi tinch aholini o‘z uylarini tark etishga majburlash maqsadida bunday tahdidlarni birinchi marta amalga oshirmoqda.

Kiritildi: 12:10 16.06.2025. O'qildi: 700 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!