Isroil Tehrondagi ikkita neft omboriga zarba berib, ikkala inshootni ham yoqib yubordi.
Bu haqda Eronning Tasnim agentligi xabar berdi.
Hujumda Kan va Shahron tumanlaridagi neft omborlari nishonga olingan. Favqulodda xizmatlar voqea joyida zarbalar oqibatlarini bartaraf etish uchun ishlamoqda. Mumkin bo‘lgan qurbonlar va jarohatlar haqida ma’lumot berilmagan.