Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroil Tashqi ishlar vazirligi Rim papasining vafoti munosabati bilan bildirilgan ta’ziyasini olib tashladi — The Jerusalem Post

Isroil Tashqi ishlar vazirligi Rim papasining vafoti munosabati bilan bildirilgan ta’ziyasini olib tashladi — The Jerusalem Post

Isroil Tashqi ishlar vazirligi Rim papasi Fransiskning vafoti munosabati bilan ijtimoiy tarmoqlarda ta’ziyanoma chop etdi. Nekrologga papaning Quddusdagi Yig‘i devorida ibodat qilayotgani aks etgan surat ham ilova qilingandi.

The Jerusalem Post nashri xabariga ko‘ra, ta’ziya bitigi qisqa muddatdan keyin Isroil Tashqi ishlar vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalaridan o‘chirib tashlangan. Isroil TIV vakili ta’ziyanoma xato tufayli chop etilganini bildirgan.

"Tvit va bitiklar xato tufayli chop etilgan. Biz papaning Isroilga va G‘azo sektoridagi urushga qarshi bayonotlariga uning hayotligida javob berganmiz va o‘limidan keyin bunday qilmoqchi emasmiz", – deya izoh berdi isroillik rasmiy.

Isroil armiyasi HAMAS harakati hujumiga javoban 2023 yil 7 oktyabr kuni G‘azo sektoriga bostirib kirgan edi. Rim papasi Fransisk minglab tinch aholi o‘ldirilgan va G‘azo sektori butkul vayron etilgan ushbu urushni qoralab bayonotlar bergan. Jumladan, u Isroilning G‘azo sektoridagi maktablarni bombalashi oqibatida begunoh bolalar nobud bo‘layotganini keskin tanqid qilgan edi.

Kiritildi: 13:48 23.04.2025. O'qildi: 917 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!