Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroil Tashqi ishlar vazirligi BAAdagi diplomatlarni evakuasiya qildi

Isroil Tashqi ishlar vazirligi BAAdagi diplomatlarni evakuasiya qildi

Isroil Tashqi ishlar vazirligi diplomatlarning aksariyati va ularning oila a’zolarini Birlashgan Arab Amirliklaridagi diplomatik vakolatxonalardan evakuasiya qilishga qaror qildi.

Bu haqda Ynet nashri xabar berdi.

Portalning yozishicha, TIV bu qarorga yahudiy davlati Milliy xavfsizlik kengashi (MXK) 31 iyul kuni BAAdagi isroillik va yahudiy nishonlariga qarshi teraktlar uyushtirish ehtimoli haqida ogohlantirish berganidan keyin qabul qilgan.

Bu chora Isroilning Abu-Dabidagi elchixonasiga ham, mamlakatning Dubaydagi bosh konsulligiga ham tegishli, deyiladi portal.

Chorshanba kuni ertalab Isroil Milliy xavfsizlik xizmati isroilliklarning BAAga sayohat qilish haqidagi joriy ogohlantirishiga aniqlik kiritib, bu mamlakatda "Isroil va yahudiy nishonlariga qarshi terroristik hujumlar uyushtirish ehtimoli" haqida gapirdi. Isroil MXX avvalroq yahudiy davlati fuqarolariga BAAga keraksiz sayohatlardan voz kechishni va bu mamlakatga “sayohat qilish maqsadga muvofiqligini diqqat bilan o‘ylab ko‘rishni” tavsiya qilgan edi.

Kiritildi: 09:21 01.08.2025. O'qildi: 972 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!