Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar Kiyevga tashrif buyurdi

Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar Kiyevga tashrif buyurdi

Reuters agentligi bu haqda Isroilning Ukrainadagi elchisiga va Axios muxbiri Barak Ravidga tayanib xabar bermoqda.

Ravidning so‘zlariga ko‘ra, Saar Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga bilan uchrashadi. Uchrashuvda aynan qanday mavzular muhokama qilinishi hozircha noma’lum.

Axiis muxbirining qayd etishicha, Saar Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan beri Ukrainaga tashrif buyurgan eng yuqori martabali isroillik siyosatchiga aylandi.

Isroil hukumati og‘zaki tarzda Rossiya agressiyasini qoralagan bo‘lsa-da, G‘arbning sanksiyalariga qo‘shilmagan. Shunga qaramay, Isroil Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatgan va “Ramshteyn guruhi” yig‘ilishlarida ishtirok etgan.

Kiritildi: Bugun 01:40. O'qildi: 854 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!