Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Isroil Suriyadagi okkupasiyaga qaramay Damashq bilan kelishuv istagini bildirdi

Isroil Suriyadagi okkupasiyaga qaramay Damashq bilan kelishuv istagini bildirdi

Isroil Suriya hududining bir qismini okkupasiya qilib turganiga qaramasdan, Damashq hukumati bilan xavfsizlik masalalari bo‘yicha kelishuvga erishishga intilayotganini bildirdi.

Bu haqda Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar «Al-Arabiya» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Tel-Aviv Suriya hududlarini qo‘lga kiritish niyatida emas va xavfsizlik bo‘yicha kelishuv har ikki tomon manfaatiga xizmat qilishi mumkin.

Saar eslatishicha, 2024 yil 8 dekabrda Baas rejimi ag‘darilishi bilan yakunlangan Suriyadagi inqilobdan so‘ng Isroil mamlakat janubida avia zarbalarni kuchaytirgan va okkupasiya hududini kengaytirgan.

Kiritildi: 15:14 18.12.2025. O'qildi: 241 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!