Isroil Eron raketalari va dronlarini jangovar sharoitda tutib olish uchun "Iron Beam" lazerli havo mudofaa tizimidan ilk bor foydalandi.
Bu haqda Isroilning Moskvadagi elchixonasi vakili ma’lum qildi.
"Isroil allaqachon sinov rejimida Eron raketalari va dronlarini tutib olish uchun "Iron Beam" lazer havo mudofaa tizimidan foydalanmoqda", — dedi agentlik manbasi.
Uning ta’kidlashicha, ushbu tizim Eron bilan to‘qnashuvda birinchi marta jangovar sharoitda qo‘llanilgan.