Bosqinchi Isroil armiyasi G‘azoning eng janubidagi Rafah shahrini to‘liq qurshab olib, uni mintaqaning qolgan qismidan ajratib qo‘ydi.
BMTning gumanitar masalalar bo‘yicha vakili Al Jazeera telekanaliga ma’lum qilishicha, Isroilning G‘azodagi suv tizimlariga hujumlari va ta’mirlash ishlarini to‘xtatib qo‘yishi falastinliklar uchun "mutlaqo fojiali" vaziyatni keltirib chiqargan.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Isroilning G‘azoga qarshi urushida kamida 50 912 nafar falastinlik halok bo‘lgani va 115 981 nafari yaralanganini tasdiqladi. Hukumat matbuot xizmati esa vayronalar ostida bedarak yo‘qolgan minglab odamlar halok bo‘lgan deb taxmin qilinayotganini aytib, qurbonlar sonini 61 700 nafardan oshganini ma’lum qildi.