Isroil polisiyasi Xayfadan xorijiy muxbirlarning reportajlar olib borishini taqiqladi, chunki u yerda mamlakatning eng yirik neftni qayta ishlash zavodiga Eron zarbasi qayd etilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar shuningdek, gorizont chizig‘ini suratga olayotgan bir nechta jurnalistlarni ushlab, ularning uskuna va jihozlarini olib qo‘yishdi.
Avvalroq Isroil armiyasi aholiga zarba joylari va zarar ko‘rilgan hududlarning foto va videolarini e’lon qilish taqiqlandi, degan ogohlantirish bergan edi. Bu ogohlantirish strategik ob’ektlarga zarba tushgan kadrlari matbuotda paydo bo‘lganidan keyin e’lon qilindi.