Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Isroil prezidenti tarixda ilk bor BAAga kelyapti

Isroil prezidenti tarixda ilk bor BAAga kelyapti

Isroil prezidenti Isxak Gersog yakshanba kuni Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)ga safar qiladi. Shu paytgacha Isroilning birorta prezidenti BAAga kelmagan.

Ikki kunlik safar doirasida Isxak Gersog Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad ibn Zayd al-Nahayyon bilan uchrashadi, Dubaydagi “Ekspo – 2020” ko‘rgazmasida Isroil Milliy kunining ochilishida ishtirok etadi. Bundan tashqari, BAAdagi yahudiylar jamoasi vakillari bilan ham ko‘rishadi.

O‘tgan yilning dekabrida Isroil bosh vaziri Naftali Bennet ham BAAga kelgan edi, undan avval Isroil bosh vazirlaridan hech biri BAAga safar qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, BAA va Isroil o‘rtasidagi diplomatik aloqalar 2020 yilda AQShning vositachiligida boshlandi. O‘tgan yili esa tomonlarning elchixonalari ochildi.

Kiritildi: 21:10 26.01.2022. O'qildi: 2419 marta. Fikrlar soni: 5 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!