Isroil prezidenti Isaak Gersog xavfsizlik nuqtai nazaridan Ozarbayjon poytaxtida bo‘lib o‘tadigan COP-29 iqlim konferensiyasidagi ishtirokini bekor qildi, deb xabar bermoqda Isroil matbuoti.
Taxminlarga ko‘ra, Isroil razvedka xizmatlari konferensiyada Isaak Gersog bo‘lganida Eron Bokuda terakt uyushtirishga urinib ko‘rishidan cho‘chigan. Isroil prezidenti qisqa muddatli, bir necha soat bilan cheklangan tashrifni rejalashtirganiga qaramay, yakunda uni butunlay bekor qilishga qaror qilindi.
Avvalroq Eron prezidenti Masud Pezeshkian aynan Isaak Gersog ishtirok etgani uchun anjumanda qatnashishdan bosh tortgan edi.