Isroilning urushdan oldingi eng gavjum porti bo‘lgan Eylat porti Yaman husiylarining Qizil dengizdagi hujumlaridan so‘ng tijorat faoliyati yo‘qligi sababli bankrotlik e’lon qildi.
2022 yilning to‘rtinchi choragida biroz o‘sganiga qaramay, port sakkiz oy davomida hech qanday faoliyat yoki daromad ko‘rmadi. Bu haqda port bosh direktori Gideon Golbert ma’lum qildi.
Yakshanba kuni Knessetning Iqtisodiy ishlar bo‘yicha qo‘mitasi bilan uchrashuvda Eylat porti bosh direktori Gideon Golber shunday dedi: «Port sakkiz oydan beri hujumlar tufayli yopildi, bu uning daromadi yo‘qligini anglatadi». Bosh direktor, shuningdek, agar vaziyat davom etsa, port xodimlarini vaqtincha ishdan bo‘shatishga to‘g‘ri kelishi mumkinligini ta’kidladi.
Yaman husiylarining Qizil dengizdagi hujumlari transport hajmining 85 foizga qisqarishiga olib keldi, bu esa portni iyul oyi boshida Isroil hukumatidan moliyaviy yordam so‘rashga undadi.
📉 Isroil yalpi ichki mahsuloti 2023 yil oktabrdan dekabrgacha deyarli 20 foizga kamaydi. Isroilning Maariv gazetasiga ko‘ra, shu vaqt ichida taxminan 46 ming isroillik biznes yopilgan. O‘tgan yilning oktabr oyidan boshlab xorijiy turizm amalda to‘xtagani vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda.
🧳 Oktyabrdan dekabrgacha deyarli yarim million isroillik yahudiy davlatini tark etdi.