Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil parlamenti sudyalar tayinlanishi ustidan siyosiy nazoratni kengaytiruvchi qonunni qabul qildi

Isroil parlamenti sudyalar tayinlanishi ustidan siyosiy nazoratni kengaytiruvchi qonunni qabul qildi

Bu haqda The Jerusalem Post nashri xabar bermoqda.

Knessetning (Isroil parlamenti) 120 a’zosidan 67 nafari uni qo‘llab-quvvatlagan, bir deputat esa qarshi chiqqan. Ushbu qonun sudyalar tayinlanishi ustidan siyosiy nazoratni kuchaytiradi.

Muxolifat ovoz berishni boykot qildi, bir nechta partiyalar esa mazkur qonunga qarshi Oliy sudga shikoyat kiritdi.

Qonunning qabul qilinishi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuga 2023 yilda mamlakat tarixidagi eng yirik norozilik namoyishlaridan biriga sabab bo‘lgan munozarali sud-huquq islohotlarini davom ettirish imkonini beradi. 2023 yil 7 oktyabrda G‘azoda harbiy operasiya boshlanganidan so‘ng islohotlar jarayoni to‘xtatilgan edi.

Netanyahu 2023 yil boshida bosh vazirlik lavozimiga qaytganidan so‘ng boshlangan sud-huquq islohotlari Vazirlar Mahkamasining Oliy sud sudyalarini tanlash vakolatlarini kengaytirish va sudning qonunlarga veto qo‘yish huquqini cheklashdan iborat. Agar u amalga oshirilsa, hukumat amalda sudyalarni tayinlash ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kiritadi.

Kiritildi: 10:08 28.03.2025. O'qildi: 884 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!