Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Isroil noyabr oyidan buyon ilk marta Bayrutga zarba berdi — Reuters

Isroil noyabr oyidan buyon ilk marta Bayrutga zarba berdi — Reuters

Agentlikka ko‘ra, kuchli portlash Livan poytaxtining janubiy qismida sodir bo‘ldi va zarba shovqini butun shahar bo‘ylab tarqaldi.

Hujumdan oldin Isroil evakuasiya qilishga chaqirgan va uchta ogohlantirish zarbasini bergan. SAXAL ma’lumotlariga ko‘ra, zarba “Hizbulloh” nazoratidagi hududda joylashgan dronlar omboriga berilgan.

Hujum amalga oshirilgan paytda rasmiy tashrif bilan Fransiyada bo‘lgan Livan prezidenti Jozef Aun xalqaro hamjamiyatni "ushbu hujumlarni to‘xtatish va Isroilni kelishuv shartlariga rioya qilishga majburlash" uchun chora ko‘rishga chaqirdi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Jozef Aun bilan uchrashuvdan so‘ng Isroil zarbasini "qabul qilib bo‘lmas" va "vaqtinchalik kelishuvni buzish" deb atadi.

22 va 28 mart kunlari Isroil shimoliga Livandan bir nechta raketalar uchirilgani xabar qilingan edi. Isroil mudofaa vaziri Isroil Kas hujumlar uchun javobgarlikni Livan hukumatinining zimmasiga yuklagandi. “Hizbulloh” guruhi hujumlarga aloqadorligini rad etgan edi.

Isroil va "Hizbulloh" o‘rtasidagi to‘qnashuvlar 2023 yildan boshlangan bo‘lib, 2024 yil noyabr oyining oxirida vaqtinchalik kelishuv kuchga kirgan edi. Livan rasmiylariga ko‘ra, bu ziddiyatlar natijasida qariyb 4 ming kishi halok bo‘lgan.

Kiritildi: 22:14 28.03.2025. O'qildi: 872 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!