Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Isroil nafaqat o‘ldirmoqda, balki yaralanganlarni qutqarishga ham to‘sqinlik qilmoqda

Isroil nafaqat o‘ldirmoqda, balki yaralanganlarni qutqarishga ham to‘sqinlik qilmoqda

BMT Isroilning G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazishga qo‘yayotgan cheklovlari yuzasidan jiddiy tashvish bildirdi.

Matbuot anjumanida BMT rasmiy vakili Stefan Dyujarrik shunday dedi:

«G‘azoda har bir kunlik urush o‘limlarga olib kelmoqda. Bolalar azob-uqubat ichida vafot etmoqda, odamlar gumanitar yordam olishga uringanida o‘ldirilmoqda».

Dyujarrikning ta’kidlashicha, G‘azoda yonilg‘i tanqisligi keskin kuchaygan.

«Oxirgi ikki kunda biz taxminan 75 ming litr yonilg‘i yetkaza oldik, biroq bu hayotiy muhim xizmatlarni saqlab qolish uchun talab qilinadigan hajmning faqat kichik qismidir», — dedi u.

Agar Isroil cheklovlarni darhol bekor qilmasa, G‘azodagi asosiy xizmatlar to‘xtashi mumkinligini ta’kidladi.

Unga ko‘ra, Isroil BMT yonilg‘isini G‘azo sektori shimoliga kiritishga ruxsat bermagan hamda Gazo shahrida vayrona ostida qolgan 18 nafar yaralangan insonni qutqarishga ham to‘sqinlik qilgan. Ular barchasi halok bo‘lgan.

Bundan tashqari, payshanba kuni Isroil tomonidan ma’qullangan 15 ta gumanitar missiyadan faqat 6 tasi amalga oshirilgan.

Dyujarrik shuningdek qo‘shimcha qildi: Isroil 130 kundan ortiq vaqtdan beri vaqtincha turarjoylar qurilishi uchun zarur qurilish materiallarini G‘azoga kiritishni taqiqlamoqda.

Kiritildi: 13:58 13.07.2025. O'qildi: 435 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!