Isroil mudofaa vaziri Israel Kas yaqinda Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Falastin davlatini tan olish haqidagi chaqirig‘iga keskin javob qaytardi.
"Ular qog‘ozda Falastin davlatini tan oladi, biz esa yerda yahudiylar davlatini quramiz. Qog‘oz tarix axlatxonasiga tashlanadi, Isroil davlati esa gullab-yashnaydi," - deya Kasning so‘zlarini keltiradi The Times of Israel nashri.
Shuningdek, u Fransiyani sanksiyalar bilan tahdid qilishdan ogohlantirib, bunday choralar Isroilni sindira olmasligini ta’kidladi.
Kas Isroil bosimga berilmasligiga va o‘z siyosatidan voz kechmasligiga ishontirdi.