Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Isroil mudofaa vaziri: “Tehrondagi yana 10 ta yadroviy ob’ektini yo‘q qilish arafasidamiz”

Isroil mudofaa vaziri: “Tehrondagi yana 10 ta yadroviy ob’ektini yo‘q qilish arafasidamiz”

Isroil mudofaa vaziri Israel Kas Isroil harbiy-havo kuchlari Tehrondagi yana 10 ta yadroviy ob’ektiga zarba berishga tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Bu haqda The Times of Israel xabar bermoqda.

“Biz Tehrondagi kamida 10 ta yadroviy nishonni yo‘q qilish arafasida turibmiz. Bu – Isroil aviasiyasining qudrati bilan amalga oshishi mumkin,” — dedi vazir.

Unga ko‘ra, bu juda jiddiy zarbalar bo‘ladi va ularning asosiy maqsadi — Eronning yadroviy salohiyatini butunlay yo‘q qilish.

Kas ta’kidlashicha, Eronning Fordodagi yadroviy majmuasi shunchalik chuqur yer ostida joylashganki, uni faqat AQSh ishlab chiqargan “bunker buster” turidagi bombalar yo‘q qilishga qodir. Shu bilan birga, u bu zavod ham “nishonlar ro‘yxatida albatta bor”, deya qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 18:56 17.06.2025. O'qildi: 652 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!