Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil mudofaa vaziri: «G‘azo yonmoqda»

Isroil mudofaa vaziri: «G‘azo yonmoqda»

Isroil mudofaa vaziri Isroil Kas armiyaning G‘azoga yirik hujumlar boshlaganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujumlar shaharni bosib olish va XAMASni mag‘lub etish hamda isroillik asirlarni ozod qilish maqsadida olib borilmoqda.

Kas o‘z bayonotida: «G‘azo yonmoqda, armiya temir musht bilan harakat qilmoqda», — deb yozdi.

The Jerusalem Post nashrining xabar berishicha, Isroil armiyasi G‘azo shahriga qo‘shin va tanklar bilan yangi quruqlik hujumlarini boshlagan.

Isroilning «harbiy amaliyotlari» G‘azoda gumanitar inqirozni yanada kuchaytirmoqda va bu holat xalqaro hamjamiyat tomonidan tobora ko‘proq qoralanmoqda.

Kiritildi: 13:33 16.09.2025. O'qildi: 571 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!