Bugun 24 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil Mudofaa vaziri: G‘azo va Suriyada egallangan yerlarni tark qilmaymiz

Isroil Mudofaa vaziri: G‘azo va Suriyada egallangan yerlarni tark qilmaymiz

Isroil Mudofaa vaziri Israel Kas mamlakatning Suriyada nazoratidagi yerlarini «bir qarichini ham bermaydi» deb ma’lum qildi. Shuningdek, u Isroilning G‘azo sektorini tark etmasligini va hududda yangi turar-joy majmualari qurilishini rejalashtirayotganini aytdi.

«Biz evakuasiya qilingan aholi punktlari o‘rnini bosish uchun G‘azo shimolida yangi turar-joy majmualari barpo etamiz. Isroil G‘azoni hech qachon tark etmaydi», — dedi Kas.

Uning fikricha, bu choralar Isroilning xavfsizligini ta’minlash va mintaqadagi nazoratini mustahkamlash uchun zarurdir.

Kiritildi: Bugun 15:35. O'qildi: 204 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!