Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Isroil mudofaa vaziri G‘azo shahrini egallash bo‘yicha operasiyani ma’qulladi

A A A
Isroil mudofaa vaziri G‘azo shahrini egallash bo‘yicha operasiyani ma’qulladi

Isroil mudofaa vaziri Israel Kas G‘azo shahriga hujum rejasini tasdiqladi, deb xabar berdi Ynet. Operasiya «Gideon-2 jang aravalari» deb nomlandi.

Qayd etilishicha, tez orada zaxiradagilar safarbar etilishi kutilmoqda, shahardan qochqinlarni joylashtirish bo‘yicha gumanitar dastur tayyorlanmoqda. Shaharga hujum boshlanishi bilan Isroil armiyasi HAMAS jangarilarini to‘liq yo‘q qilinmaguncha izolyasiya qilmoqchi, deb yozdi Ynet.

The Times of Israel ma’lumotlariga ko‘ra, operasiyani o‘tkazish uchun 60 mingga yaqin zaxiradagi askarlarni chaqirish rejalashtirilgan. Ularning barchasi ham operasiyada bevosita ishtirok etmaydi, ba’zilari Isroilning boshqa joylardagi muntazam qo‘shinlari o‘rnini egallaydi.

«Gideon-2 jang aravalari» operasiyasi tugashi bilan, Kasning ta’kidlashicha, «G‘azo o‘z qiyofasini o‘zgartiradi va avvalgidek bo‘lmaydi».

G‘azoni okkupasiya qilish rejasi Isroil armiyasi (SAHAL) joriy yil may oyida boshlagan «Gideon jang aravalari» operasiyasining davomi bo‘ladi.

Kiritildi: 12:49 20.08.2025. O'qildi: 1537 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!