Rossiyalik super yarim o‘rta vazn toifasi vakili Magomed Kurbanovning navbatdagi jangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.
U 29 may kuni Toshkent shahridagi "Humo Arena" majmuasida tashkil etiladigan prof boks oqshomi doirasida xitoylik Tongxui Liga qarshi ringga ko‘tariladi.
Ma’lumot uchun, Magomed Kurbanov faoliyati davomida 28 ta jangda qatnashib, 26 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etgan. Li hisobida esa 16 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat bor.
Kurbanov 2024 yilda hamyurtimiz Isroil Madrimovga qarshi WBA chempionlik jangini o‘tkazib, muddatidan avval mag‘lub bo‘lgan edi.