Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Isroil Madrimov Ahmadaliyev — Inoue jangi haqida fikr bildirdi

Isroil Madrimov Ahmadaliyev — Inoue jangi haqida fikr bildirdi

Super yarimo‘rta vazn toifasida sobiq WBA chempioni Isroil Madrimov ikkinchi eng yengil vazndagi mutlaq chempion Naoya Inoue hamda WBA Interim chempioni Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang haqida gapirdi.

"Murodjon ikki-uchta jangimda yonimda bo‘lib, burchagimda turdi. U yaxshi ko‘rsatmalarni beradi. Unda murabbiylik bo‘yicha iste’dod bor. Hozir uni juda katta janglar kutib turibdi. Uning tarix yozadigan vaqti keldi. Inoueni jangga chaqirgandi, mana rozilik ham oldi. Endi sentyabr oyida jang bo‘lishi kerak. Biz ham intiqlik bilan Murodjonning jangini kutyapmiz", dedi Madrimov.

Murodjon Ahmadaliyevning Naoya Inouega qarshi mutlaq chempionlik jangi 14 sentyabr kuni Tokio shahrida o‘tkaziladi.

Kiritildi: 10:35 04.05.2025. O'qildi: 997 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!