Isroil harbiylari Livan janubidagi "raketa otuvchining harakati" qayd etilgan hududga havo hujumi uyushtirdi.
Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Bir muncha vaqt oldin Livan janubida terrorchilik harakati va "Hizbulloh" mobil raketa uchirgichining harakati aniqlangan edi, bu tahdid Isroil havo kuchlarining zarbasi bilan bartaraf etildi", — deyiladi bayonotda.
Armiya matbuot xizmatining ta’kidlashicha, Isroil armiyasi bo‘linmalari "Livan janubiga joylashtirilgan" va "o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi buzilishini faol ravishda bostiradi".
Isroil va Livan o‘rtasida 2023 yil oktyabr oyida harbiy harakatlar boshlanganidan beri birinchi sulh haqidagi kelishuv 27 noyabr kuni ertalab kuchga kirdi.