Isroil Mudofaa armiyasi Eron qo‘llab-quvvatlayotgan «Hizbulloh» tomonidan Isroil hududiga raketalar otilganidan so‘ng Livandagi 50 dan ziyod qishloq aholisini evakuasiya qilishga chaqirdi.
«Xavfsizligingizni ta’minlash maqsadida uylaringizni zudlik bilan tark etishingiz va qishloqlardan kamida 1000 metr uzoqlikdagi ochiq hududlarga ko‘chishingiz shart», — deyiladi rasmiy ogohlantirishda.
Bayonotda, shuningdek, «Hizbulloh» a’zolari, ularning ob’ektlari yoki harbiy vositalari yaqinida bo‘lgan har qanday shaxs o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yayotgani ta’kidlangan.