O‘t ochishni to‘xtatishga qaramay, Isroil armiyasi Livan janubidagi bir qancha hududlarga havo hujumlarini amalga oshirdi.
“Anadolu” muxbiri guvohlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil harbiy samolyotlari Livan janubidagi Zerariya, Zibqin, Kalila, Janneta, Dayr Qanun an-Nahr va Marub shaharlari chekkalariga zarba bergan.
Isroil tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida qurbonlar yoki jarohatlanganlar bor-yo‘qligi haqida ma’lumot berilmagan.
Isroil armiyasi bayonotida aytilishicha, havo hujumi “Hizbulloh harbiy hududi” deb atalgan hududga berilgan.
Isroil davlat televideniyesining KAN xabar berishicha, Isroilning uchuvchisiz uchish apparati (PUA) Livan poytaxti Bayrut ustidan uchib o‘tgan. Livan manbalari, o‘z navbatida, uchuvchisiz uchish apparati Livan armiyasiga tegishli ekanligini ta’kidladi.