Isroil harbiylari Livan janubida yangi zarbalar seriyasini boshladi, ularning maqsadi "Hizbulloh" tashkilotining harbiy ob’ektlarini yo‘q qilishdir.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, zarbalar qurol-yarog‘ omborlariga berilgan, shuningdek, bitta raketa otish moslamasi ham urilgan.
"Ushbu qurollarning mavjudligi va "Hizbulloh" terror tashkilotining bu hududdagi faoliyati Isroil va Livan o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuvlarni buzishdir”, deb hisoblaydi Isroil tomoni.
Bundan tashqari, kun davomida Livan janubidagi Aita ash-Shab qishlog‘i yaqinida berilgan aniq zarba natijasida "Hizbulloh" qurolli tuzilmalari a’zolaridan biri yo‘q qilindi, deya qo‘shimcha qildi armiya.