Mahalliy rasmiy va guvohlarning Anadolu nashriga ma’lum qilishicha, Isroil hukumati bosib olingan G‘arbiy Sohildagi falastinliklarning o‘nlab inshootlari, jumladan, turar-joy binolarini buzib tashlagan.
«Isroil kuchlari G‘arbiy Sohil janubidagi al-Ramadin shahrida 40 do‘kon va 400 kvadrat metrlik uyni vayron qildi», dedi munisipalitet boshlig‘i Anis al-Zagha.
«Inshootlar xususiy yerlarda qurilgan va mahalliy oilalarning tirikchiligi uchun muhim edi,» - deya qo‘shimcha qildi u.
Buzilgan korxonalardan birining egasi Iso Al-Rvashdehning aytishicha, nishonga olingan do‘konlarda mahsulot, qurilish materiallari va qishloq xo‘jaligi asboblari sotilgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, buzilishdan so‘ng uning qoldiqlari joyida yoqib yuborilgan.
Guvohlarning Anadolu agentligiga aytishicha, Isroil kuchlari, shuningdek, bosib olingan Sharqiy Quddusdagi al-Buston mahallasida yana 11 ta inshootni, jumladan 9 ta turar-joyni vayron qilgan.
Xabarlarga ko‘ra, xonadonlarda 31 oila, jumladan bolalar istiqomat qilgan.