Bu haqda Falastin Ozodlik Tashkiloti qoshida faoliyat yurituvchi Mahbuslar va ozod qilinganlar ishlari bo‘yicha komissiya va Falastin asirlari jamiyati qo‘shma bayonotida aytiladi.
Bayonotga ko‘ra, Isroil harbiylari 25-mart kuni kechqurundan to tongga qadar G‘arbiy Sohilning bir qancha shaharlarida reydlar o‘tkazgan, ular davomida kamida 20 nafar falastinlik, jumladan sobiq mahbuslar qo‘lga olingan.
Hujjatda, shuningdek, Isroil armiyasi G‘arbiy Sohil shimolida joylashgan Jenin va Tulkarm shaharlariga bir necha haftadan beri hujumlarini davom ettirayotgani qayd etilgan.
Ushbu operasiyalar davomida ommaviy hibsga olish va joyida so‘roq qilish ishlari olib boriladi. Bundan tashqari, ko‘plab falastinlik oilalarning uylari falastinliklar garovga olingan harbiy shtabga aylantirilmoqda.
19-yanvar kuni G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvining kuchga kirishi ortidan, Isroil 21-yanvar kuni ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohil shimolidagi qochqinlar lagerlarida keng ko‘lamli operasiya boshladi.
Operasiya natijasida ko‘plab falastinliklar halok bo‘ldi, yana yuzlab odamlar hibsga olindi.