Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Isroil joriy harbiy mojaro tugaganidan so‘ng G‘azo sektorini AQSh nazoratiga topshiradi — Tramp

Isroil joriy harbiy mojaro tugaganidan so‘ng G‘azo sektorini AQSh nazoratiga topshiradi — Tramp

Qo‘shma Shtatlarning amaldagi prezidenti bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

"Falastin aholisi mintaqadagi “xavfsiz va go‘zal” hududlarga ko‘chiriladi hamda u yerda ular uchun zamonaviy uy-joylar barpo etiladi. Bu fuqarolar “xavfsiz, baxtli va erkin” hayot kechirish imkoniyatiga ega bo‘ladi", — deyiladi Trampning rejasida.

Shuningdek, u Qo‘shma Shtatlar dunyodagi eng yaxshi qurilish kompaniyalari bilan hamkorlik qilib, G‘azoni “er yuzidagi eng yirik va nufuzli rivojlanish loyihalaridan biriga” aylantirishni rejalashtirayotganini bildirdi. Shu bilan birga, Tramp bu rejani amalga oshirish uchun AQSh harbiylarini hududga kiritish shart emasligini alohida ta’kidladi.

Kiritildi: 09:11 07.02.2025. O'qildi: 816 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!