Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroil husiylarga jiddiy ogohlantirish berdi

Isroil husiylarga jiddiy ogohlantirish berdi

Isroil mudofaa vaziri Israel Kas dushanba kuni Yamanning Hudeyda portidagi husiylarga tegishli ob’ektlarga zarbalar berilayotganini ma’lum qildi.

Kas ta’kidlashicha, Isroil armiyasi avval bombardimon qilingan infratuzilmani qayta tiklashga qaratilgan har qanday urinishlarga qat’iy qarshilik ko‘rsatmoqda.

Vazir isyonchilarni jiddiy oqibatlar bilan qo‘rqitdi: «Men allaqachon ochiq bildirganman — Yamanning taqdiri Tehronniki kabi bo‘ladi. Husiylar Isroilga raketa otgani uchun qattiq jazoga tortiladi».

2025 yil mart oyi boshida G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi buzilgandan so‘ng husiylar Isroilga va Qizil dengizdagi kemalarga qarshi hujumlarni qayta boshladi. Yamanlik isyonchilar bu harakatlarini falastinliklarga hamdardlik sifatida baholamoqda.

2023 yilda G‘azo sektorida genosid keskin avj olgandan keyin husiylar Isroil hududini raketalar bilan o‘qqa tutish va Isroil bilan bog‘liq kemalarning Qizil dengiz va Bab-ul-Mandeb bog‘ozidan o‘tishini to‘sish bilan tahdid qilgandi. 2025 yil yanvar oyi o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi amalga kirganidan so‘ng bu hujumlar to‘xtagandi.

Biroq, shundan keyin isyonchilar qayta hujum urinishlarini boshladi, jumladan, Ben-Gurion aeroporti ham nishonga olindi. Javob tariqasida Isroil bir necha bor husiylarga tegishli ob’ektlarga, jumladan, Sana shahridagi aeroport, portlar va elektrostansiyalarga aviazarbalar berdi.

Husiylar Yamanning eng aholi zich joylashgan qismi va jumladan, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Hudeyda portni nazorat qilmoqda.

Kiritildi: 22:57 21.07.2025. O'qildi: 835 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!