"Al Jazeera"ning tibbiy manbalariga ko‘ra, bugun tong otganidan beri G‘azo sektorida Isroil hujumlari natijasida kamida 51 kishi hayotdan ko‘z yumgan
Jinoyatchi Isroil harbiy kuchlari bosib olingan G‘arbiy Qirg‘oqdagi Jenin qochqinlar lageriga tashrif buyurgan xorijiy diplomatlarga qarata "ogohlantiruvchi" o‘q uzganidan so‘ng xalqaro norozilik kuchaymoqda
Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi matbuot kotibining ta’kidlashicha, G‘azoga "nihoyat" kirib kelayotgan cheklangan gumanitar yordam urushdan xarob bo‘lgan hududning och qolgan aholisi ehtiyojlarini qondirish uchun "mutlaqo yetarli emas"
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, Isroilning G‘azoga qarshi urushi oqibatida kamida 53 655 falastinlik halok bo‘lgan, 121 950 nafari jarohat olgan. Hukumat matbuot xizmati vayronalar ostida bedarak yo‘qolgan minglab odamlar vafot etgani taxmin qilinayotgani sababli, qurbonlar sonini 61 700 dan ortiq kishiga yetkazdi